Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Turdimurodov Davron Payariq tumani IIB boshlig'i o'rinbosari Sh. Po'latov bilan birgalikda Zarafshon mahalla fuqarolar yig'inida yoshlar bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuvdan asosiy ko'zlangan maqsad, voyaga yetmagan yoshlar o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyat sodir etishni barvaqt oldini olish, yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish, turli to'garak va sport musobaqalariga jalb etish hamda Vatanga bo'lgan muhabbatini oshirishdan iboratdir.