35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QIShLOQ XO‘JALIGIDA KLASTER TIZIMINING JORIY ETILIShI VA DEHQONLAR DAROMADINING OShIShI
янв.21
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar
янв.21
Hududga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar va yangi ishlab chiqarish korxonalari
янв.21
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxtzorlar barpo etilishi
янв.21
Orol dengizi hududida yashilzorlar barpo etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar
янв.21
ONALAR VA BOLALAR SALOMATLIGINI MUHOFAZA QILISh BORASIDAGI DAVLAT DASTURLARI NATIJALARI
янв.21
TIBBIY MUASSASALARNI ZAMONAVIY ASBOB-USKUNALAR BILAN JIHOZLASH BORASIDAGI ISHLAR
янв.21
Beruniy tumani yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha 2022 yilda 55 gektar, 2024-yilda 170 gektar, 2025-yilda 104 gektar joriy qilindi.
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimi: aholi salomatligini muhofaza qilishda yangi yondashuv
янв.21
Maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanishi, bog‘chalar qurilishi va davlat-xususiy sheriklik
Aholi murojaati nazoratda

Termiz shahrida 3-«Shifokor» saylov okrugida deputat O.Lapasova mas’ullar bilan birgalikda J.Rumiy ko‘chasida bo‘lib, mahalla infratuzilmasi va aholi murojaatlarini nazorat qildi. Fuqarolar yakka tartibdagi uylarni markazlashgan oqova suv tarmog‘iga ulashdagi uzoq yillik muammolarni ko‘tarishdi.

Mas’ullar murojaatni deputatlik daftarga qayd etish va «Surxondaryo suv ta’minoti» AJ hamda boshqa tashkilotlarga rasmiy deputatlik so‘rovi yuborish orqali yechim topishni rejalashtirdi.

Termiz shahrida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun munosib sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaratish hamda fuqarolar murojaatlariga joyiga chiqqan holda amaliy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi bosh mutaxassisi A.Temirov Kengashning 3-“Shifokor” saylov okrugi deputati O.Lapasovaning saylov okrugiga qarashli “Shifokor” mahallasida bo‘ldi.

O‘rganish jarayonida Kengash huzuridagi “Yoshlar maslahat” guruhi a’zosi A.G‘affarov ham faol ishtirok etib, hududdagi mavjud muammolarni birgalikda ko‘zdan kechirdilar.

Mazkur nazorat-tahlil jarayoni Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” mezonlari doirasida tashkil etildi.

Mas’ullar hududdagi J.Rumiy ko‘chasida bo‘lib, u yerda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazdilar.

Muloqot davomida fuqarolar tomonidan ko‘chadagi yakka tartibdagi hovli uylarni markazlashgan oqova suv (kanalizatsiya) tarmog‘iga ulash masalasida uzoq vaqtdan buyon yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar o‘rtaga tashlandi va bu borada amaliy yordam so‘rab murojaat qilindi.

Aholi tomonidan ko‘tarilgan ushbu dolzarb kommunal masala e’tiborsiz qoldirilmadi:

1. Murojaat deputat O.Lapasovaning shaxsiy murojaat daftariga batafsil qayd etildi;

2. J.Rumiy ko‘chasidagi xonadonlarni oqova suv tarmog‘iga ulash loyihasini ishlab chiqish hamda amaliy choralarni ko‘rish maqsadida "Surxondaryo suv ta’minoti" AJ Termiz shahar filiali va boshqa tegishli mutasaddi tashkilotlarga rasmiy deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilab olindi.

💬 "Aholimizning toza, ozoda va zamonaviy kommunal sharoitlarda yashashi — inson qadrini ulug‘lashning bosh omilidir. J.Rumiy ko‘chasi aholisining kanalizatsiya tarmog‘iga ulanish bo‘yicha murojaatini mas’ul korxonalar bilan birgalikda hal etish uchun barcha choralarimizni ko‘ramiz," — deya ta'kidlashdi mas'ullar.

Slide 1 of 1