35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QIShLOQ XO‘JALIGIDA KLASTER TIZIMINING JORIY ETILIShI VA DEHQONLAR DAROMADINING OShIShI
янв.21
Hududga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar va yangi ishlab chiqarish korxonalari
янв.21
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar
янв.21
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxtzorlar barpo etilishi
янв.21
Orol dengizi hududida yashilzorlar barpo etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar
янв.21
TIBBIY MUASSASALARNI ZAMONAVIY ASBOB-USKUNALAR BILAN JIHOZLASH BORASIDAGI ISHLAR
янв.21
ONALAR VA BOLALAR SALOMATLIGINI MUHOFAZA QILISh BORASIDAGI DAVLAT DASTURLARI NATIJALARI
янв.21
Beruniy tumani yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha 2022 yilda 55 gektar, 2024-yilda 170 gektar, 2025-yilda 104 gektar joriy qilindi.
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimi: aholi salomatligini muhofaza qilishda yangi yondashuv
янв.21
Maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanishi, bog‘chalar qurilishi va davlat-xususiy sheriklik
“Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalari deputatlik nazoratida: 9-sonli umumta’lim maktabida amalga oshiriladigan loyihalar joyiga chiqib o‘rganildi

Bugungi kunda aholi tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning hududlarni obodlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishdagi ishtirokini kengaytirish “Tashabbusli budjet” tizimining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Termiz shahrida ham ushbu tizim orqali fuqarolar tomonidan ilgari surilgan va ovoz berish jarayonlarida g‘olib bo‘lgan loyihalarning sifatli, shaffof va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlash borasida deputatlik nazorati olib borilmoqda.

Shu maqsadda, shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masala yuzasidan navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Nazorat-tadbirda xalq deputatlari Termiz shaahr Kengashi raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov, Kengashning Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, ekspert guruhi rahbari A.Mustafakulov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar ishtirok etdi.
🔎 O‘rganish manzili — 9-sonli umumta’lim maktabi.

Joriy yilgi “Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumida fuqarolarning faol ishtiroki va ovoz berish natijalariga ko‘ra g‘olib deb topilgan loyihalardan biri aynan mazkur ta’lim muassasasiga tegishli.

Joyiga chiqib o‘rganish davomida loyiha doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlarning mazmun-mohiyati, ularning ta’lim muassasasi uchun ahamiyati hamda o‘quvchilar uchun yaratiladigan sharoitlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

🏢 Maktab fasadini ta’mirlash

Loyiha doirasida maktab binosining tashqi fasad qismini zamonaviy talablar asosida mukammal ta’mirlash, binoning tashqi ko‘rinishini yaxshilash hamda issiqlikni saqlash xususiyatlarini oshirish ko‘zda tutilgan.

Mazkur ishlarning amalga oshirilishi nafaqat maktabning estetik ko‘rinishini yaxshilaydi, balki ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun yanada qulay va zamonaviy muhit yaratishga xizmat qiladi.

⚽️ Mini-futbol stadioni barpo etiladi

Loyihaning yana bir muhim yo‘nalishi — maktab hududida zamonaviy mini-futbol stadioni qurish.

Ushbu sport inshooti o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda futbolga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun muhim ahamiyatga ega.

📊 O‘rganish jarayonida amalga oshirilishi belgilangan ishlarning loyiha talablariga muvofiqligi, ularning sifatli bajarilishi, mablag‘lardan maqsadli foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mas’ullar bilan loyihaning ijrosi, mavjud imkoniyatlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

🤝 “Tashabbusli budjet” — bu xalq tashabbusi, xalq ovozi va xalq manfaatining amaliy ifodasidir.

Shu bois g‘olib loyihalarning har birini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish hamda yaratilayotgan infratuzilmaning uzoq yillar davomida aholiga xizmat qilishini ta’minlash muhim vazifalardan biridir.

⚖️ Bu boradagi ishlar shahar Kengashi deputatlari tomonidan izchil nazorat qilib boriladi.

Slide 1 of 7