35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QIShLOQ XO‘JALIGIDA KLASTER TIZIMINING JORIY ETILIShI VA DEHQONLAR DAROMADINING OShIShI
янв.21
Hududga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar va yangi ishlab chiqarish korxonalari
янв.21
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar
янв.21
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxtzorlar barpo etilishi
янв.21
Orol dengizi hududida yashilzorlar barpo etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar
янв.21
TIBBIY MUASSASALARNI ZAMONAVIY ASBOB-USKUNALAR BILAN JIHOZLASH BORASIDAGI ISHLAR
янв.21
ONALAR VA BOLALAR SALOMATLIGINI MUHOFAZA QILISh BORASIDAGI DAVLAT DASTURLARI NATIJALARI
янв.21
Beruniy tumani yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha 2022 yilda 55 gektar, 2024-yilda 170 gektar, 2025-yilda 104 gektar joriy qilindi.
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimi: aholi salomatligini muhofaza qilishda yangi yondashuv
янв.21
Maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanishi, bog‘chalar qurilishi va davlat-xususiy sheriklik
Avtomobil yo‘llarini bog‘lovchi ko‘prik qurilishidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengashning Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi F.Axmetov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son qaroriga asosan tumanda “Toshkent–Chirchiq–Chimyon” hamda “Bektemir–G‘azalkent–Chorbog‘” yo‘nalishlaridagi avtomobil yo‘llarini Chirchiq daryosi ustidan barpo etilayotgan yangi ko‘prik orqali o‘zaro bog‘lash bo‘yicha amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida mazkur yirik infratuzilma loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlarining borishi, obyektda yaratilgan sharoitlar va belgilangan vazifalarning bajarilishi holatiga e’tibor qaratildi.

Xususan, avtomobil yo‘llarining uzluksiz harakatlanishini ta’minlash va transport infratuzilmasini takomillashtirish maqsadida temir yo‘l izlarini qayta qurish ishlari amalga oshirilgani ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, aholi va transport vositalari harakati xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yer osti yo‘llarini barpo etish ishlari hozirda davom ettirilmoqda. Ayni paytda Chirchiq daryosining ikki qirg‘og‘ida olib borilayotgan qurilish ishlari bosqichma-bosqich bir-biriga yaqinlashtirilib, ikki qirg‘oqni o‘zaro bog‘lash bo‘yicha amaliy ishlar bajarilmoqda.

🔺Mazkur ko‘prikning barpo etilishi natijasida tumandagi muhim avtomobil yo‘nalishlarini o‘zaro bog‘lash, transport qatnovi uchun yanada qulay sharoit yaratish, harakatlanish masofasi va vaqtiga ta’sir ko‘rsatuvchi mavjud muammolarni bartaraf etish imkoniyati yaratiladi.

🔺Deputat tomonidan qurilish ishlarining belgilangan loyiha va talablar asosida, sifatli hamda o‘z vaqtida amalga oshirilishi muhimligi ta’kidlandi. Ayniqsa, ko‘prik, yer osti yo‘llari va temir yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq ishlar o‘zaro uyg‘un holda olib borilishi, transport harakati xavfsizligi masalalariga alohida e’tibor qaratilishi zarurligi qayd etildi.
 

Slide 1 of 5