Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QIShLOQ XO‘JALIGIDA KLASTER TIZIMINING JORIY ETILIShI VA DEHQONLAR DAROMADINING OShIShI
янв.21
Hududga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar va yangi ishlab chiqarish korxonalari
янв.21
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar
янв.21
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxtzorlar barpo etilishi
янв.21
Orol dengizi hududida yashilzorlar barpo etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar
янв.21
TIBBIY MUASSASALARNI ZAMONAVIY ASBOB-USKUNALAR BILAN JIHOZLASH BORASIDAGI ISHLAR
янв.21
ONALAR VA BOLALAR SALOMATLIGINI MUHOFAZA QILISh BORASIDAGI DAVLAT DASTURLARI NATIJALARI
янв.21
Beruniy tumani yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha 2022 yilda 55 gektar, 2024-yilda 170 gektar, 2025-yilda 104 gektar joriy qilindi.
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimi: aholi salomatligini muhofaza qilishda yangi yondashuv
янв.21
Maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanishi, bog‘chalar qurilishi va davlat-xususiy sheriklik
Deputatlik so‘rovidan amaliy natija: piyodalar yo‘lakchasi qurilmoqda

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 9-«Darband» saylov okrugidan saylangan deputat Ramazonov Muzaffar tomonidan aholi, ayniqsa, 39-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilarining xavfsiz harakatlanishi bilan bog‘liq muammo o‘rganilib, uni bartaraf etish yuzasidan aniq choralar ko‘rildi.

Jumladan, deputat tomonidan 2026-yil 4-aprel kuni tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Unda «Duoba», «Oriyat» va «Darband» mahallalari tutashgan hududdan o‘tuvchi markaziy avtomobil yo‘lining 1 kilometr qismi bo‘ylab piyodalar yo‘lakchasi qurish masalasi ko‘tarilib, aholi va o‘quvchilarning xavfsiz harakatlanishi uchun zarur sharoit yaratish so‘ralgan edi.

Deputatning tashabbusi va masalaning deputatlik nazoratiga olinishi natijasida bugungi kunda mazkur hududda 1 kilometrlik piyodalar yo‘lakchasi qurilishi boshlandi.
Qurilish ishlari homiylik mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda.

Mazkur obyektning qurilishi, avvalo, uchta mahalla aholisi uchun xavfsiz va qulay piyoda harakatlanish sharoitini yaratish, ayniqsa, har kuni mazkur yo‘l orqali maktabga qatnaydigan o‘quvchilarning harakat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ayni paytda deputat Ramazonov Muzaffar uchun asosiy e’tibor nafaqat qurilish ishlarining boshlanganiga, balki ularning sifatli va belgilangan muddatda yakunlanishiga qaratilmoqda.

Shu maqsadda deputat tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari Sh. Shoymardonov va B. Xoliqovlar bilan birgalikda «Darband» mahallasida bo‘lib, piyodalar yo‘lakchasi qurilishi jarayonini o‘rgandi.

O‘rganish davomida qurilish ishlarini olib borayotgan mas’ullarga piyodalar yo‘lakchasini tasdiqlangan loyiha va belgilangan me’yorlar asosida puxta, sifatli va o‘z muddatida qurib bitkazish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 6