35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QIShLOQ XO‘JALIGIDA KLASTER TIZIMINING JORIY ETILIShI VA DEHQONLAR DAROMADINING OShIShI
янв.21
Hududga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar va yangi ishlab chiqarish korxonalari
янв.21
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar
янв.21
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxtzorlar barpo etilishi
янв.21
Orol dengizi hududida yashilzorlar barpo etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar
янв.21
TIBBIY MUASSASALARNI ZAMONAVIY ASBOB-USKUNALAR BILAN JIHOZLASH BORASIDAGI ISHLAR
янв.21
ONALAR VA BOLALAR SALOMATLIGINI MUHOFAZA QILISh BORASIDAGI DAVLAT DASTURLARI NATIJALARI
янв.21
Beruniy tumani yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha 2022 yilda 55 gektar, 2024-yilda 170 gektar, 2025-yilda 104 gektar joriy qilindi.
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimi: aholi salomatligini muhofaza qilishda yangi yondashuv
янв.21
Maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanishi, bog‘chalar qurilishi va davlat-xususiy sheriklik
Angor tumanida "Birinchi qo‘ng‘iroq" sadosi: Deputat Mavlonova Ra'no o‘quvchilarga oq yo‘l tiladi

Bugun Angor tumanidagi umumta’lim maktablarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Jumladan, tumandagi maktablarda yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan bayram tadbiri “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tashkil etildi. Unda tuman faollari, hokimlik vakillari, maktab jamoasi, o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.

🎤 Tadbir davomida Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat va ilm olishning ahamiyati haqida fikrlar bildirilib, o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida ulkan zafarlar tilandi.

📚 Ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilariga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” topshirildi va “Birinchi qo‘ng‘iroq” ular uchun unutilmas taassurotlarga boy bo'ldi

Slide 1 of 2