35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QIShLOQ XO‘JALIGIDA KLASTER TIZIMINING JORIY ETILIShI VA DEHQONLAR DAROMADINING OShIShI
янв.21
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar
янв.21
Hududga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar va yangi ishlab chiqarish korxonalari
янв.21
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxtzorlar barpo etilishi
янв.21
Orol dengizi hududida yashilzorlar barpo etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar
янв.21
ONALAR VA BOLALAR SALOMATLIGINI MUHOFAZA QILISh BORASIDAGI DAVLAT DASTURLARI NATIJALARI
янв.21
TIBBIY MUASSASALARNI ZAMONAVIY ASBOB-USKUNALAR BILAN JIHOZLASH BORASIDAGI ISHLAR
янв.21
Beruniy tumani yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha 2022 yilda 55 gektar, 2024-yilda 170 gektar, 2025-yilda 104 gektar joriy qilindi.
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimi: aholi salomatligini muhofaza qilishda yangi yondashuv
янв.21
Maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanishi, bog‘chalar qurilishi va davlat-xususiy sheriklik
«XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI» MINI-FUTBOL MUSOBAQASI YAKUNLANDI

Furqat tumanida aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, mahallalar o‘rtasida do‘stona raqobat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan «Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi Kubogi» mini-futbol bo‘yicha tuman birinchiligi o‘z yakuniga yetdi.

Musobaqa davomida mahallalardan ishtirok etgan jamoalar g‘oliblik uchun qizg‘in va murosasiz bahslarda kuch sinashdilar. Finalga qadar munosib natijalar bilan yetib kelgan «Ko‘k do‘ppi» hamda «Jaloer» jamoalari o‘rtasidagi hal qiluvchi uchrashuv esa muxlislarga haqiqiy futbol bayrami kayfiyatini ulashdi.

Qiziqarli va keskin kurashlarga boy kechgan final bahsida «Ko‘k do‘ppi» jamoasi 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, «Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi Kubogi»ning mutlaq g‘olibi bo‘ldi.

🥇 1-o‘rin — «Ko‘k do‘ppi» jamoasi
🥈 2-o‘rin — «Jaloer» jamoasi
🥉 3-o‘rin — «Katta-Yangi» MFY jamoasi

Shuningdek, musobaqada o‘z mahorati bilan alohida ajralib turgan iqtidorli yoshlar ham maxsus nominatsiyalar bo‘yicha munosib taqdirlandilar.

Tadbirda Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi raisi R.Meliqo‘ziev, Kotibiyat mudiri I.Juraev, viloyat Kengashi deputati M.Yunusov, tuman hokimi E.Asronkulov, shuningdek, bir qator tashkilotlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Taqdirlash marosimida g‘olib va sovrindor jamoalarga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirilib, musobaqada faol ishtirok etgan sportchilarning mehnati va intilishi munosib e’tirof etildi.

🏆 Kengash Kubogining mutlaq g‘olibi — «Ko‘k do‘ppi» jamoasi! G‘alaba muborak, yigitlar! 👏⚽️

Sizlarning ushbu g‘alabangiz ortidagi mehnat, intilish, jamoaviy hamjihatlik va g‘alabaga bo‘lgan ishonchingiz alohida e’tirofga loyiq.

Shu o‘rinda, «Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi Kubogi» mini-futbol musobaqasini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatgan Furqat tumani hokimligi, Furqat tumani sport maktabi, Yoshlar ishlari agentligi hamda huquq-tartibot organlariga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.

Shuningdek, musobaqa davomida jamoalarni qo‘llab-quvvatlab, bahslarga ko‘tarinki ruh bag‘ishlagan barcha muxlislar va keng jamoatchilik vakillariga ham tashakkur izhor etamiz.

Bunday musobaqalarning muntazam tashkil etilishi yoshlarni sportga keng jalb qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom raqobat va jamoaviylik muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.

⚽️ Sport bor joyda — sog‘lom muhit, birdamlik va yangi zafarlar bor!

🏆 Kengash Kubogi muborak bo‘lsin!
«Ko‘k do‘ppi» jamoasiga yangi g‘alabalar tilaymiz!

Slide 1 of 1