35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QIShLOQ XO‘JALIGIDA KLASTER TIZIMINING JORIY ETILIShI VA DEHQONLAR DAROMADINING OShIShI
янв.21
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar
янв.21
Hududga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar va yangi ishlab chiqarish korxonalari
янв.21
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxtzorlar barpo etilishi
янв.21
Orol dengizi hududida yashilzorlar barpo etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar
янв.21
TIBBIY MUASSASALARNI ZAMONAVIY ASBOB-USKUNALAR BILAN JIHOZLASH BORASIDAGI ISHLAR
янв.21
ONALAR VA BOLALAR SALOMATLIGINI MUHOFAZA QILISh BORASIDAGI DAVLAT DASTURLARI NATIJALARI
янв.21
Beruniy tumani yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha 2022 yilda 55 gektar, 2024-yilda 170 gektar, 2025-yilda 104 gektar joriy qilindi.
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimi: aholi salomatligini muhofaza qilishda yangi yondashuv
янв.21
Maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanishi, bog‘chalar qurilishi va davlat-xususiy sheriklik
#liftlarning ishlash holatini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rgandi

 #liftlarning ishlash holatini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rgandi

Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi 7-Fayzobod saylov okrugi deputati N.Dushyeva nomidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov tomonidan hududdagi ko‘p qavatli binolarda liftlarning ishlash holatini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.

O‘rganish davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:

🛠 Liftlarning uzluksiz ishlashi va xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi;

🧹 Sanitariya holati: Lift kabinalarining tozaligi va yoritish tizimi;

📞 Nosozlik yuzaga kelgan holatlarda dispetcherlik xizmatining samaradorligi;

📄 Liftlarning texnik ko‘rikdan o‘tkazilganlik muddati va mas’ul tashkilotlarning shartnomaviy majburiyatlari.

"Lift — bu nafaqat qulaylik, balki yuqori darajadagi xavfsizlik obyekti hamdir. Aholi, ayniqsa keksalar va yosh bolali ayollar uchun liftlarning soz bo‘lishi o‘ta muhim masaladir," — deb ta’kidlashdi deputatlar.

Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2