Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QIShLOQ XO‘JALIGIDA KLASTER TIZIMINING JORIY ETILIShI VA DEHQONLAR DAROMADINING OShIShI
янв.21
Hududga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar va yangi ishlab chiqarish korxonalari
янв.21
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar
янв.21
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxtzorlar barpo etilishi
янв.21
Orol dengizi hududida yashilzorlar barpo etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar
янв.21
TIBBIY MUASSASALARNI ZAMONAVIY ASBOB-USKUNALAR BILAN JIHOZLASH BORASIDAGI ISHLAR
янв.21
ONALAR VA BOLALAR SALOMATLIGINI MUHOFAZA QILISh BORASIDAGI DAVLAT DASTURLARI NATIJALARI
янв.21
Beruniy tumani yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha 2022 yilda 55 gektar, 2024-yilda 170 gektar, 2025-yilda 104 gektar joriy qilindi.
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimi: aholi salomatligini muhofaza qilishda yangi yondashuv
янв.21
Maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanishi, bog‘chalar qurilishi va davlat-xususiy sheriklik
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 24-avgust – 28-avgust)
💬24-avgust | Dushanba
🟢Haftalik Ish rejani tahlil qilish (A.Ashurov), deputatlar bilan individual tarzda ishlash hamda deputatlar va Kengash kotibiyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni OAVda yoritish (R.Mamashukurov, A.Temirov).

💬25-avgust | Seshanba
🟢Mahalliy Kengash deputatlari tomonidan o‘ziga biriktirilgan qonun hujjatlarini o‘rganish bo‘yicha savolnoma tuzilishi va ijrosini o‘rganish ishlarini tashkil qilish (A.Ashurov), hafta davomida yuborilgan deputatlik so‘rovlarini deputatlar kesimida tahlilini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish (R.Mamashukurov), deputatlar bilan individual tarzda ishlash, deputatlar va Kengash kotibiyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni OAVda yoritish (A.Temirov).

💬26-avgust | Chorshanba
🟢O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ-35-sonli qarori ijrosi yuzasidan okruglarda o‘tkazilayotgan nazorat-tahlil tadbirlarini muvofiqlashtirish (A.Ashurov), hafta davomida yuborilgan deputatlik so‘rovlarini deputatlar kesimida tahlilini ko‘rib chiqish (R.Mamashukurov), deputatlar bilan individual tarzda ishlash, deputatlar va Kengash kotibiyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni OAVda yoritish (A.Temirov).

💬27-avgust | Payshanba
🟢Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi ishini yuritish (A.Ashurov), "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida bajarilgan ishlarni tahlil qilish (R.Mamashukurov), deputatlar bilan individual tarzda ishlash hamda Kengash kotibiyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni OAVda yoritish (A.Temirov).

💬28-avgust | Juma
🟢Haftalik amalga oshirilgan ishlar va nazorat-tahlil tadbirlari sarhisobi (A.Ashurov), kelgusi haftadagi ustuvor vazifalarni belgilash hamda hujjatlarni tartibga keltirish (R.Mamashukurov, A.Temirov), deputatlar bilan individual tarzda ishlash (barcha bosh mutaxassislar), deputatlar faoliyatini OAVda yoritish (A.Temirov).

🫥Hafta davomida Oliy Majlis Senati va Kengash raisi topshiriq va ko‘rsatmalariga ko‘ra ish rejaga qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.

📌Eslatma:
🟢Mazkur vazifalar ijrosi Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat xodimlari R.Mamashukurov va A.Temirov tomonidan nazorat qilinadi.