35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QIShLOQ XO‘JALIGIDA KLASTER TIZIMINING JORIY ETILIShI VA DEHQONLAR DAROMADINING OShIShI
янв.21
Hududga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar va yangi ishlab chiqarish korxonalari
янв.21
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar
янв.21
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxtzorlar barpo etilishi
янв.21
Orol dengizi hududida yashilzorlar barpo etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar
янв.21
TIBBIY MUASSASALARNI ZAMONAVIY ASBOB-USKUNALAR BILAN JIHOZLASH BORASIDAGI ISHLAR
янв.21
ONALAR VA BOLALAR SALOMATLIGINI MUHOFAZA QILISh BORASIDAGI DAVLAT DASTURLARI NATIJALARI
янв.21
Beruniy tumani yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha 2022 yilda 55 gektar, 2024-yilda 170 gektar, 2025-yilda 104 gektar joriy qilindi.
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimi: aholi salomatligini muhofaza qilishda yangi yondashuv
янв.21
Maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanishi, bog‘chalar qurilishi va davlat-xususiy sheriklik
Mirobod tumanida Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

#yoshlar_maslahat_guruhi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Mirobod tumanida Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi rahbari Sarvar Irgashev boshchiligida hamda guruh a’zolari ishtirokida Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

👥 Uchrashuvda Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi raisi X.Kayumov, Kengash kotibiyati mudiri A.Karimov, doimiy komissiya raisi A.Mamanazarov, Mirobod tumani prokurori B.Abdullayev, tuman IIOFMB boshlig‘i U.Nasritdinov hamda Yoshlar maslahat guruhi faollari ishtirok etdilar.

💬 Tadbir davomida Xalq deputatlari tuman Kengashlari huzuridagi Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi reja-grafik mazmun-mohiyati atroflicha muhokama qilindi. Unda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning tashabbus va takliflarini qo‘llab-quvvatlash, davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olingani ta’kidlandi.

📋 Reja-grafik asosida Yoshlar maslahat guruhi faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini mustahkamlash, faol va tashabbuskor yoshlarni guruh faoliyatiga keng jalb etish, hududlardagi dolzarb masalalarni tizimli o‘rganish hamda amaliy takliflar ishlab chiqish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

📚 Shuningdek, yoshlarning ta’lim, bandlik, tadbirkorlik, axborot texnologiyalari, sport va madaniyat yo‘nalishlaridagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ular bilan ochiq muloqot mexanizmlarini kuchaytirish, raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📝 Yig‘ilishda Yoshlar maslahat guruhi a’zolari uchun siyosiy-huquqiy bilimlarni mustahkamlash, liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, notiqlik san’ati va loyiha boshqaruvi yo‘nalishlarida seminar-treninglar tashkil etish rejalashtirilgani ham qayd etildi.

🤝 Uchrashuv yakunida mazkur chora-tadbirlar yoshlarning tashabbuskorligini oshirish, ularning fikr va takliflarini qo‘llab-quvvatlash hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jarayonlarida faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

📝 Yoshlar bilan ochiq muloqot va hamkorlikni kuchaytirish, ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish bundan buyon ham Yoshlar maslahat guruhlarining ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib qoladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10