Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining Beruniy tumanidagi o'rganishlari.
янв.21
Deputat xonadonlarda: Beruniyda tadbirkorlik va tomorqa madaniyati o‘rganilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohаtlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Deputat o'z saylovchilariga axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashining haftalik ish rejasi bo‘yicha DAY JEST (2026-yil 13-17 aprel kunlari uchun)
янв.21
Beruniy tumanida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
янв.21
"BIR DEPUTAT—YUZLAB YECHIMLAR" TADBIRI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Deputat axborot berdi
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati N.Akbarova tomonidan 11-A.Navoiy saylov okrugidagi A.Yassaviy mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati hamda yoshlar bandligi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganishlar davomida mahalla yoshlar yetakchisi Sh.Xodjayeva tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi.

Ma’lum qilinishicha, mahallada jami 5115 nafar aholi istiqomat qiladi, shundan 1819 nafari yoshlar bo‘lib, 1272 nafari 14–30 yosh toifasiga kiradi.

Yoshlar bilan ishlashni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida yil boshida to‘liq xatlov o‘tkazilib, “Yoshlar balansi” shakllantirilgan. Natijada yoshlarning ijtimoiy holati, bandligi va ehtiyojlari chuqur o‘rganilib, ularning asosiy qismi “yashil” toifaga kiritilgan.

“Yoshlar daftari” orqali muhtoj yoshlarga manzilli yordam ko‘rsatilib, ayrimlari ish bilan ta’minlangan bo‘lsa, yana bir qismiga imtiyozli kreditlar ajratilgan. Shuningdek, ishsiz yoshlarni band qilish, o‘zini o‘zi band qilish tizimiga jalb etish va tashqi mehnat migratsiyasiga yo‘naltirish bo‘yicha ham aniq ishlar amalga oshirilgan.

Bitiruvchi yoshlarning kelgusi faoliyatini ta’minlash ham e’tibordan chetda qolmagan. Ularning bir qismi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan bo‘lsa, boshqalari ustoz-shogird tizimi orqali kasb-hunar o‘rganmoqda yoki mustaqil daromad manbaiga ega bo‘lgan.

Mahallada yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilib, mingdan ortiq yoshlar sport va madaniy tadbirlarga jalb etilgan. Natijada mahalla yoshlari shahar, viloyat va respublika bosqichlarida yuqori natijalarga erishgan.

Bundan tashqari, “Mega loyihalar” doirasida yuzlab yoshlar kitobxonlik, xorijiy tillarni o‘rganish, zamonaviy kasb-hunarlarni egallash hamda intellektual rivojlanishga yo‘naltirilgan platformalarga jalb etilgan.

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj va nazoratdagi yoshlar bilan manzilli ishlash, ularni jamiyatga moslashtirish, muammolarini bartaraf etish borasida ham samarali ishlar amalga oshirilgan.

Mazkur o‘rganishlar yakunida deputat tomonidan yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 4