Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining Beruniy tumanidagi o'rganishlari.
янв.21
Deputat xonadonlarda: Beruniyda tadbirkorlik va tomorqa madaniyati o‘rganilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohаtlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Deputat o'z saylovchilariga axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashining haftalik ish rejasi bo‘yicha DAY JEST (2026-yil 13-17 aprel kunlari uchun)
янв.21
Beruniy tumanida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
янв.21
"BIR DEPUTAT—YUZLAB YECHIMLAR" TADBIRI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Deputat axborot berdi
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
Deputatlik nazorat tahlil tadbirlari

“Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasi doirasida Muzrabot tumani bo‘yicha keng ko‘lamli infratuzilma ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, “Olmazor” mahallasida joylashgan 17-sonli umumta’lim maktabining 180 o‘rinli o‘quv binosi, oshxona va sport zal binolarini mukammal ta’mirlash, shuningdek, yangi hojatxona qurish ishlari olib borilmoqda.

Maktab binosida bo‘layotgan qurish jarayonlari yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri – deputat D.Sherboyev va hudud deputatlari tomonidan joyida chiqib deputatlik nazorat tahlil tadbirlari o‘tkazildi.

Mazkur qurilish-ta’mirlash ishlari “ZARAVUT SOY QURILISh” MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

Hozirda17-sonli maktabni mukammal ta’mirlash obyektida: eski binolarni buzish ishlari, o‘quv korpusida elektrlashtirish ishlariri va pardozlash ishlari-yakunlanib, ayni jarayonda tom qisini yopish ishlari olib borilmoqda.

Bajarilayotgan ishlarning sifati va belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi bo‘yicha tegishli mas’ullar bilan bir qatorda tuman Kengashi deputatlari tomonidan ham doimiy ravishda o‘rganilib, nazorat qilinmoqda.

Slide 1 of 9