🔹Hududdagi 300 ta ma’naviy eskirgan simyog‘ochlarni yangi beton ustunlarga almashtirish zarurligi, shuningdek mahalla ko‘chalari asfalt yo‘llarining aksariyat qismi nosoz-ta’mirtalab holatda ekani, ikkita mahallaning ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash uchun yangi suv quduqlari qazishga ehtiyoj borligi ma’lum bo‘ldi. Mahalla faollari tomonidan o‘tgan 2025-yil oktabr oyidan joriy 2026-yil fevral oyiga qadar mol-mulk va yer soliqlaridan tushgan mablag‘ning 10 foizi MFY hisob raqamiga o‘tkazilmagani, MFY binosi eski bo‘lgani uchun zamonaviy loyihadagi yangi bino qurilishiga amaliy yordam berish masalasi ko‘tarilgan.
🔹Xonadonlar sharoiti o‘rganilganda: ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan Axmadjonova Fotimaxon va reestrga kiritilmagan Karimjonova Mavludaxon oilalarining yashash uylari ta’mirga muhtojligi, ularga mahalla faollari ko‘magi kerakligi aniqlandi.
🔹Deputat aholi murojaatlari yuzasidan tegishli
tashkilotlarga deputatlik so‘rovlarini kiritadigan bo‘ldi.