O‘zbekiston Ekologik partiyasining «Yashil taraqqiyot» g‘oyasini hayotga tatbiq etish maqsadida Shahrisabz tumanida xayrli ishlar davom etmoqda.
Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi deputati, partiya guruhi rahbari Bakir Elboyev tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar ishtirokida navbatdagi ko‘kalamzorlashtirish tadbiri o‘tkazildi. Mazkur aksiya doirasida hududga 100 tup mevali va 150 tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, yangi bog‘ yaratishga poydevor qo‘yildi.
Shuningdek, 13-14-mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida atrof-muhit chiqindilardan tozalanib, hududlar tartibga keltirildi. Bu kabi amaliy ishlar nafaqat tabiat musaffoligini saqlashga, balki aholi salomatligini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.