#Doimiy Komissiya faoliyati
🇺🇿Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig'ilishi boʻlib o'tdi.
Yig'ilish kun tartibida bitta masala ko‘rildi - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5415-son Farmonining ijrosi shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha 2025-yilda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman Adliya bo‘limi boshlig‘ining axboroti eshitildi.