Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Beruniy tuman Kengashi deputati Merjenay Durdibayeva tomonidan Maxtumquli OFYdagi 12-Oilaviy polilinikasida o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
Beruniy tumani Kengashi deputati Lola Xojaniyazovaning XXI ASR gazetasi hamda “Qoraqalpog‘iston tongi " gazetasi nashr qilingan maqolalari
янв.21
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
22-Sobir Rahimov saylov okrugiga O‘ZLIDEPdan saylangan deputat Maxmud Kadirov “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi Baxtiyor Alipovning aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг "Шаҳарлар ва бошқа аҳоли пунктлари кўчалари ҳамда ички хўжалик йўллари инфратузилмасини янада такомиллаштириш тўғрисида"ги 665-сонли қарори юзасидан депутат назорати
янв.21
Беруний тумани Тиббиёт бирлашмасида Халқ депутатлари Беруний тумани Кенгаши депутатлари томонидан аҳолининг тиббий хизматлардан фойдаланиш ҳолатини ўрганди
янв.21
Беруний тумани "Халқ минбари" газетасининг 2026-йил 6-март кунги 5-сонида депутатлар фаолияти
янв.21
Deputatlar mahallalarida aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holatini o‘rganish ishlari olib bordi
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ТАРАҚҚИЁТИ УЧУН ЯНГИ БОСҚИЧ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР АНИҚ ВА МАНЗИЛЛИ
янв.21
DEPUTAT ESHITUVI
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati, Navoiy davlat universiteti rektori

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati, Navoiy davlat universiteti rektori

YOSHLARGA MUROJAATI.

Qadrli talabalar, aziz yoshlar!

Joriy yil 24-fevral kuni Shavkat Mirziyoyev tomonidan Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot mamlakatimiz hayotida muhim siyosiy va ma’naviy voqea sifatida tarixga kirdi. Unda yoshlar siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, startap va innovasion loyihalarni moliyalashtirish, xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni chuqur o‘rganish, volontyorlik harakatini rivojlantirish kabi ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Bu tashabbuslar, avvalo, yurtimiz yoshlariga bo‘lgan yuksak ishonch ifodasidir. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, mamlakatimizdagi 22 milliondan ziyod yoshlar — ulkan iqtisodiy va intellektual kuchdir. Bu kuch — bilimli, tashabbuskor, zamonaviy fikrlaydigan va mas’uliyatli avloddir.

Aziz navoiyliklar!

Ilm va ma’rifat an’analari chuqur ildiz otgan Navoiy zamini azaldan buyuk allomalar, fidoyi insonlar va jasoratli yoshlar yurti bo‘lib kelgan. Bugun ana shu sharafli merosni davom ettirish, uni zamonaviy texnologiyalar va innovasion yondashuvlar bilan boyitish — bizning eng muhim vazifamizdir.

Muhtaram jamoa!

Navoiy davlat universiteti nafaqat ta’lim maskani, balki g‘oyalar tug‘iladigan, innovatsiyalar yaratiladigan va kelajak mutaxassislari shakllanadigan markaz bo‘lishi shart. Har bir fakultet va kafedra amaliy loyihalar, ilmiy izlanishlar va startap tashabbuslar bilan faol bo‘lishi zarur. Har bir diplom ishi — real muammoni hal etadigan loyihaga, har bir ilmiy tadqiqot — ishlab chiqarish bilan bog‘langan amaliy yechimga aylanishi lozim.

Aziz talabalar!

Sizlar — ertangi muhandislar, texnologlar, tadbirkorlar va innovatsiya yaratuvchilardirsiz. Davlatimiz tomonidan yaratilayotgan grantlar, imtiyozli kreditlar, startap dasturlari va xalqaro tajriba almashinuv imkoniyatlari — sizlar uchun. Eng muhimi, bu imkoniyatlardan samarali foydalanish, g‘oya bildirish, tashabbus ko‘rsatish va harakat qilishdir. Xatodan emas, harakatsizlikdan qo‘rqing.

Hurmatli professor-o‘qituvchilar!

Sizlar yoshlar qalbida ishonch uyg‘otuvchi, ularni g‘oyadan amaliy natijaga yetaklovchi ustozlarsiz. Zamonaviy bilim berish bilan bir qatorda, talabalarda tadbirkorlik tafakkuri, jamoada ishlash madaniyati va global fikrlash qobiliyatini shakllantirish — bugungi kun talabi. Universitet rahbariyati sifatida biz yoshlar startaplarini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni kengaytirish, xorijiy til va raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha aniq va tizimli chora-tadbirlarni amalga oshiramiz.

Bizning ustuvor maqsadimiz — oddiy diplom sohibini emas, balki ish o‘rni yaratadigan, innovatsiya kiritadigan va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘sha oladigan mutaxassisni tayyorlashdir.

Ishonamanki, birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan Navoiylik yoshlar salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqaramiz, universitetimizni respublika va xalqaro miqyosda nufuzli ta’lim va innovatsiya markaziga aylantiramiz.

Ishonch bilan oldinga intilaylik!

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati,

Navoiy davlat universiteti rektori M.Kalonov

Slide 1 of 1