Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining Beruniy tumanidagi o'rganishlari.
янв.21
Deputat xonadonlarda: Beruniyda tadbirkorlik va tomorqa madaniyati o‘rganilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohаtlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Deputat o'z saylovchilariga axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashining haftalik ish rejasi bo‘yicha DAY JEST (2026-yil 13-17 aprel kunlari uchun)
янв.21
Beruniy tumanida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
янв.21
"BIR DEPUTAT—YUZLAB YECHIMLAR" TADBIRI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Deputat axborot berdi
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
19-Xo‘jaubbon saylov okrugi deputati R.Atoyeva Marziya MFYda jinoyatchilikni oldini olish masalalari muhokama qilindi.

Mahalliy Kengash deputatlari 19-Xo‘jaubbon saylov okrugi deputati R.Atoyeva tomonidan Marziya mahalla fuqarolar yig’inida jinoyatchilikni oldini olish masalalari yuzasidan aholi bilan ochiq muloqot o’tkazildi. Suhbat davomida mahallada huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash, yoshlar o’rtasida jinoyatchilikka moyillikni kamaytirish hamda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari tinglanib, mavjud muammolar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Deputat huquq-tartibot organlari va mahalla faollari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish orqali jinoyatchilikni oldini olish bo’yicha aniq taklif va tavsiyalarni bildirdi.

Mazkur suhbat jinoyatchilikka qarshi kurashish, aholi tinchligi va xavfsizligini ta’minlash hamda mahallada sog’lom ijtimoiy muhitni shakllantirishga qaratilgani bilan ahamiyatli hisoblanadi.

Slide 1 of 1