Sessiya ishida:
➖Olmaliq shahar prokurorining 16.2/16-25-sonli axboroti to‘g‘risida;
➖Huquqbuzarliklarnngi oldini olish va ularning profilaktikasi holati yuzasidan 2025-yil 12 oy davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
➖Olmaliq shahar Adliya bo‘limining 2025-yil davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axboroti to‘g‘risida;
➖O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Olmaliq shahridagi Xalq qabulxonasining 2025-yil 15-yanvardagi 01-sonli axboroti to‘g‘risida;
➖Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashidagi ayrim siyosiy partiya deputatlik guruhlarini qayta ro‘yxatga olish to‘g‘risida;
➖Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining doimiy komissiyalari tarkiblarini tasdiqlash to‘g‘risida;
➖O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil
22-dekabrdagi “Xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashlari kotibiyatlari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi KQ-284-V-son Qarori ijrosi to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
Jarayonda mas’ullarning hisobotlari tinglandi va barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.