Deputatning “Bahor” mahallasidagi uchrashuvi
Namangan shahar 15-Zarbodor saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Xojiyeva Muyassar Mubillayevna “Bahor” mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Prezident murojaatlari mahalla raisi va mahalla yettiligi bilan birgalikda o‘rganildi hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Shuningdek, mahalladagi 2 ta muammo joyida hal etildi, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlari nazoratga olindi. Mavjud masalalar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga vazifalar belgilab berilib, ijrosi nazoratga olindi.