Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar masalalari” bo‘yicha hamda “Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari” bo‘yicha doimiy komisiyalarining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Bugun xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining navbatdagi o‘n to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 18-sessiyasi haqida ma’lumot.
янв.21
O'zLiDeP депутатлик гуруҳи аьзолари ва жамоат ташкилотлари иштирокида навбатдаги депутат эшитуви бўлиб ўтди.
янв.21
"Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
ПҚ-133-сонли қарорининг Беруний туманида ижроси
янв.21
Prezident Farmonining mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
“ҲУДУДГА ОИД ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШДА МАҲАЛЛИЙ КЕНГАШЛАР ВА СЕНАТ ҲАМКОРЛИГИ”
DO‘STLIK VA BAG'RIKENGLIK ULUG'LANGAN YURT

Navoiy viloyati nafaqat ulkan imkoniyatlar va tabiiy boyliklarga ega hudud, balki turli millat va konfessiya vakillari tinch-totuv, ahil va bag'rikeng hayot kechirayotgan yurt sifatida ham o‘z o'rniga ega. Bu muhit faqat tarixdan meros emas, balki bugungi davlat siyosatining amaliy samarasidir. Biz bunday hamjihatlik muhitini saqlash va yanada mustahkamlashni o‘zimizning fuqarolik burchimiz deb bilamiz.

– Millatlar va konfessiyalar o‘rtasidagi o'zaro hurmat, bag‘rikenglik,inson qadrini ulug‘lash – bugungi kunda O‘zbekistonning davlat siyosatida ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib, yosh avlodni umumbashariy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik va tinchlik ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan barcha islohotlarning uzviy qismidir.

Ta’lim sohasida ham bu tamoyillar o‘zining yorqin ifodasini topmoqda. Bugun mamlakatimizda 7 tilda ta'lim olish imkoniyati yaratilgan, buning o‘zi hurmatli Prezidentimizning barcha millat va elatlarga, har bir insonga nisbatan teng e'tiborda ekanini yaqqol ko'rsatadi.

Zarafshon shahridagi ta'lim muassasamizda turli millat vakillari farzandlari birga ta'lim olmoqda, birga o'smoqda. Bu – ham milliy birlik, ham fuqarolik hamjihatligining hayotiy ifodasidir.

Konstitutsiyamizning o'zida ham “inson qadri” ustuvor tamoyil sifatida belgilangan. Davlatimiz Rahbarining tashabbuslari va rahbarligida bu tamoyil faqat hujjatlarda emas, balki hayotimizda, har bir fuqaro taqdirida amalga tatbiq etilayotgani eng katta yutuq deb bilaman.

Hurmatli Prezidentimizning yaxshi qo'shnichilik siyosati, xususan chegaradosh qardosh mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan ochiq eshiklar siyosati – biz, Qozog‘iston bilan tarixi va tili, madaniyati mushtarak bo‘lgan el farzandlari uchun ham juda qadrli va muhim.

Millatim qozoq bo'lsa-da, O'zbekiston mening vatanim. Bu yurtda tug‘ilib o‘sdim, farzandlarim va nabiralarim bilan birga yashayapman, mehnat qilayapman, davlat mukofotlari bilan taqdirlandim. Bu – do'stlik,bag‘rikenglik va yuksak insonparvarlik siyosatining amaliy ifodasidir.

Shaxsan o‘zim 2018 yili “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlanganimda, nafaqat o‘z nomimdan, balki o‘zbek va qozoq xalqlari o'rtasidagi chinakam qardoshlik nomidan faxrlandim. Bu men uchun ham sharaf, ham mas’uliyatdir – Hurmatli Prezidentimiz xalqlar do'stligini yuksak ma’naviy qadriyat, ma'rifat va taraqqiyot asosi sifatida ko'radi. O'zaro hurmat va til birligi emas, qalb birligi bo'lgan jamiyat barqaror bo‘ladi. Biz aynan ana shunday jamiyatni barpo etmoqdamiz.

Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimni “Xalqlar do'stligi” kuni bayrami bilan samimiy tabriklayman. Biz, turli millat vakillari bir mamlakat, bir kelajak va bir orzu atrofida birlashgan yurt farzandlarimiz!

Yagona oila bo‘lib,yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga o‘z hissamizni qo‘shamiz.

 Tumishova Aksavli Moldagalievna 

9-umumiy o‘rta ta’lim
maktabi direktori,
Oliy Majlis Senati a’zosi.