Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MUAMMO MASʼULLAR EʼTIBORIGA YETKAZILDI VA NAZORATGA OLINDI
янв.21
Navbatdagi sessiya
янв.21
TADBIRKORLAR BILAN DEPUTATLAR VA MASʼULLAR MULOQOTI
янв.21
MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA TARBIYALANUVCHILARNI OVQATLANTIRISH VA YARATILGAN SHAROITLAR OʻRGANILDI
янв.21
BEKTEMIR TUMANIDA "UCH AVLOD UCHRASHUVI" OʻTKAZILDI
янв.21
“Majnuntol” mahallasida ertalabki saf yig‘ini bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tuman xokimi, deputat N.Abduraxmanov Milliy gvardiya xodimlarini tabrikladi
янв.21
Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashi deputati K.Ahqulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Kariev ishtirokida "Chashma" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida aholini qiynab kelayotgan dolzarb muammolar va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Aholi murojaati e’tiborda: Mahalladagi yoritish tizimi muammolari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Xusanov «Zilola» mahallasida bo‘lib, «Dolzarb 40 kunlik» tadbirlari hamda «Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi» doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
Kengash_faoliyati

#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#yoshlar_maslahat_guruhi

🗣Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

⏺Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 10-Xo'jayipok saylov okrugi deputati M.Omonullayev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov, Xo'jayipok MFYda mahalladagi yoshlar bilan ishlash tizimi hamda yoshlar yetakchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

💬O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni asosida ishlab chiqilgan savolnomalar asosida yoshlar yetakchisi bilan suhbat o‘tkazildi.

💬Jumladan, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlash, yoshlarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

💬Shuningdek, yoshlar bilan individual ishlash, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni ta’lim, kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

🫥O‘rganish yakunida yoshlar yetakchisining faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda yoshlar bilan ishlashda mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mahalla farovonligi va aholi roziligi — deputatlik nazoratida!

Slide 1 of 1