Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MUAMMO MASʼULLAR EʼTIBORIGA YETKAZILDI VA NAZORATGA OLINDI
янв.21
Navbatdagi sessiya
янв.21
TADBIRKORLAR BILAN DEPUTATLAR VA MASʼULLAR MULOQOTI
янв.21
BEKTEMIR TUMANIDA "UCH AVLOD UCHRASHUVI" OʻTKAZILDI
янв.21
MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA TARBIYALANUVCHILARNI OVQATLANTIRISH VA YARATILGAN SHAROITLAR OʻRGANILDI
янв.21
“Majnuntol” mahallasida ertalabki saf yig‘ini bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tuman xokimi, deputat N.Abduraxmanov Milliy gvardiya xodimlarini tabrikladi
янв.21
Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashi deputati K.Ahqulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Kariev ishtirokida "Chashma" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida aholini qiynab kelayotgan dolzarb muammolar va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Aholi murojaati e’tiborda: Mahalladagi yoritish tizimi muammolari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Xusanov «Zilola» mahallasida bo‘lib, «Dolzarb 40 kunlik» tadbirlari hamda «Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi» doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
Oqar suv tarmog‘i qurilishi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Z.Shodmonov Bog‘ishamol mahallasida oqar suv tarmog‘ini qurish ishlari bilan tanishdi.

Mazkur ishlar deputat tomonidan doimiy nazoratga olingan bo‘lib, qurilish jarayonining borishi, ishlarning sifati va belgilangan talablar asosida olib borilayotgani o‘rganib borilmoqda.

Oqar suv tarmog‘ining qurib bitkazilishi natijasida mahalla aholisining suv ta’minoti bilan bog‘liq muammolarini kamaytirish, fuqarolar uchun qulay shart-sharoit yaratish hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash ko‘zda tutilgan.

Deputat tomonidan ishlarni belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda aholi manfaatlarini inobatga olgan holda ishlarni davom ettirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputat tomonidan nazorat qilib borilmoqda.

Slide 1 of 4