Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MUAMMO MASʼULLAR EʼTIBORIGA YETKAZILDI VA NAZORATGA OLINDI
янв.21
Navbatdagi sessiya
янв.21
TADBIRKORLAR BILAN DEPUTATLAR VA MASʼULLAR MULOQOTI
янв.21
BEKTEMIR TUMANIDA "UCH AVLOD UCHRASHUVI" OʻTKAZILDI
янв.21
MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA TARBIYALANUVCHILARNI OVQATLANTIRISH VA YARATILGAN SHAROITLAR OʻRGANILDI
янв.21
“Majnuntol” mahallasida ertalabki saf yig‘ini bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tuman xokimi, deputat N.Abduraxmanov Milliy gvardiya xodimlarini tabrikladi
янв.21
Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashi deputati K.Ahqulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Kariev ishtirokida "Chashma" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida aholini qiynab kelayotgan dolzarb muammolar va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Aholi murojaati e’tiborda: Mahalladagi yoritish tizimi muammolari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Xusanov «Zilola» mahallasida bo‘lib, «Dolzarb 40 kunlik» tadbirlari hamda «Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi» doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
Deputat N.Eliboyev Oshiq Ota mahallasida “100 mahalla — yagona muammolar xaritasi, yagona rivojlanish yo‘li” loyihasi doirasida o‘rganish olib bordi

O‘rganish jarayonida deputat mahalla faollari, ko‘cha faollari hamda aholi vakillari bilan uchrashib, hududdagi mavjud holat, aholini qiynab kelayotgan muammolar va kelgusidagi rivojlanish yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdi.

Mahalladagi:
✅ ichki yo‘llar holati;
✅ ichimlik suvi va elektr ta’minoti masalalari;
✅ obodonlashtirish ishlari;
✅ ijtimoiy soha obyektlari holati;
✅ aholi bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari
bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.

Deputat N.Eliboyev tomonidan aholi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar qayd etilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish belgilandi.

Slide 1 of 1