35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Majnuntol” mahallasida ertalabki saf yig‘ini bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tuman xokimi, deputat N.Abduraxmanov Milliy gvardiya xodimlarini tabrikladi
янв.21
Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashi deputati K.Ahqulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Kariev ishtirokida "Chashma" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida aholini qiynab kelayotgan dolzarb muammolar va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Aholi murojaati e’tiborda: Mahalladagi yoritish tizimi muammolari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Xusanov «Zilola» mahallasida bo‘lib, «Dolzarb 40 kunlik» tadbirlari hamda «Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi» doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
“Iykota” mahallasida “Dolzarb 40 kunlik” tadbiri amalda
янв.21
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova ishtirokida poytaxtimizning Bektemir tumanidagi 358-maktabda “Vazir va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat S.A.Mironov va ushbu okrug deputati Z.I.Kavaev "Iykota" mahallasidagi "mahalla yettiligi" faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Tumanimizdagi deputatlarimiz ishtirokida barcha maktablarda o'tkazilgan "So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlari
янв.21
Tumanimizdagi deputatlarimiz ishtirokida barcha maktablarda o'tkazilgan "So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlari
“Ishonch” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

“Ishonch” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda aholi bilan ishlash tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganib borilmoqda.

Belgilangan reja-grafikka muvofiq, 25-sonli “Ishonch” saylov okrugi hududidagi “Ishonch” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Rahmatova Muqaddas xizmat safarida bo‘lganligi sababli, mazkur o‘rganish ishlari Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova tomonidan amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida mahallada aholi bilan ishlash holati, fuqarolarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, oilalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, muammolarni aniqlash va ularni hal etish borasida hokim yordamchisi tomonidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, hududdagi xonadonlarni o‘rganish, aholining ehtiyojlarini aniqlash, ish bilan ta’minlash va daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni hamda mahallalarda aholi bilan manzilli ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshirilmoqda.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, ijtimoiy muammolarni manzilli hal etish hamda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

📌 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi tomonidan olib borilayotgan bunday o‘rganishlar hududlarda aholi farovonligini oshirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3