Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova ishtirokida poytaxtimizning Bektemir tumanidagi 358-maktabda “Vazir va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat S.A.Mironov va ushbu okrug deputati Z.I.Kavaev "Iykota" mahallasidagi "mahalla yettiligi" faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Tumanimizdagi deputatlarimiz ishtirokida barcha maktablarda o'tkazilgan "So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlari
янв.21
Tumanimizdagi deputatlarimiz ishtirokida barcha maktablarda o'tkazilgan "So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlari
янв.21
I chorak sarhisobi: faoliyat, tashabbuslar va muhim natijalar
янв.21
Deputat yashirin iqtisod va xavfsiz muhitni o‘rgandi
янв.21
Yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi
янв.21
Bektemir tumanida "Tashabbusli budjet"
Deputatlik so‘rovi yuborildi

#24_ta_masala

Deputatlik so‘rovi yuborildi

⏩Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashi deputati M.Qodirova tomonidan Kattaqo‘rg‘on tumani Polvontepa mahallasida yashovchi, 1979-yilda tug‘ilgan Matnazarova Gulrux Yaxshimurodovnaning sog‘lig‘i bilan bog‘liq murojaati o‘rganilib, unga amaliy tibbiy yordam ko‘rsatish masalasi yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumani Sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i Sh.Tursunov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

⏩Mazkur deputatlik so‘rovida fuqaroning qorin bo‘shlig‘i a’zolari erta bitishma kasalligi (K-56.5) bilan kasallangani inobatga olinib, uni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, zarur davolash choralarini ko‘rish hamda malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy yordam berish so‘ralgan.

⏩Deputat tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning salomatligini tiklash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratilib, mazkur deputatlik so‘rovining ijrosi nazoratga olindi.

🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi
Telegram | Facebook | Instgram | YouTube