Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova ishtirokida poytaxtimizning Bektemir tumanidagi 358-maktabda “Vazir va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat S.A.Mironov va ushbu okrug deputati Z.I.Kavaev "Iykota" mahallasidagi "mahalla yettiligi" faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Tumanimizdagi deputatlarimiz ishtirokida barcha maktablarda o'tkazilgan "So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlari
янв.21
Tumanimizdagi deputatlarimiz ishtirokida barcha maktablarda o'tkazilgan "So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlari
янв.21
I chorak sarhisobi: faoliyat, tashabbuslar va muhim natijalar
янв.21
Deputat yashirin iqtisod va xavfsiz muhitni o‘rgandi
янв.21
Yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi
янв.21
Bektemir tumanida "Tashabbusli budjet"
BUYUK TURON MAHALLASIDA CHIQINDILARNI OLIB CHIQISH MASALASI O‘RGANILDI

O‘rganish davomida hududda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, sanitariya holatini yaxshilash, ekologik tozalikni ta’minlash hamda aholiga qulay va sog‘lom yashash muhitini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida amalga oshirilib, mahalladagi ekologik holat, obodonlashtirish, chiqindilar bilan ishlash tizimi, fuqarolar murojaatlari hamda mavjud muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish holati ko‘rib chiqildi.

Ushbu jarayon “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.

O‘rganish yakunida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, hududda ekologik va sanitariya holatini yaxshilash hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotga belgilangan tartibda deputatlik so‘rovi chiqarildi.

✅ Buyuk Turon mahallasida ekologik tozalikni ta’minlash, chiqindilar bilan bog‘liq muammolarni manzilli hal etish va aholiga qulay yashash muhiti yaratish bo‘yicha deputatlik nazorati davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2