Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova ishtirokida poytaxtimizning Bektemir tumanidagi 358-maktabda “Vazir va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat S.A.Mironov va ushbu okrug deputati Z.I.Kavaev "Iykota" mahallasidagi "mahalla yettiligi" faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Tumanimizdagi deputatlarimiz ishtirokida barcha maktablarda o'tkazilgan "So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlari
янв.21
Tumanimizdagi deputatlarimiz ishtirokida barcha maktablarda o'tkazilgan "So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlari
янв.21
I chorak sarhisobi: faoliyat, tashabbuslar va muhim natijalar
янв.21
Deputat yashirin iqtisod va xavfsiz muhitni o‘rgandi
янв.21
Yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi
янв.21
Bektemir tumanida "Tashabbusli budjet"
Xalq deputatlari Kattaqо‘rg‘on tumani Kengashining navbatdagi yigirma to‘rtinchi sessiyasi joriy yilning 26-may kuni bо‘lib о‘tadi.



✅Xalq deputatlari Kattaqо‘rg‘on tumani Kengashining navbatdagi yigirma to‘rtinchi sessiyasi joriy yilning 26-may kuni bо‘lib о‘tadi.

📌Bu haqda xalq deputatlari Kattaqо‘rg‘on tumani Kengashi raisi D.Ubaydullayevning 2026-yil 20-mayda qabul qilgan “Xalq deputatlari tuman Kengashining yettinchi chaqiriq, yigirma to‘rtinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida”gi Farmoyishida ma’lum qilindi.

Sessiya kun tartibi

1. Tumanda Mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi holati, qо‘shimcha rezervlarni aniqlash bо‘yicha amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy tо‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda tо‘langanligi, soliq qarzdorliklari va ularni qisqartirish yuzasidan kо‘rilgan choralar bо‘yicha 2026-yilning I chorak yakuni bо‘yicha amalga oshirilgan ishlar tо‘g‘risida tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i M.Otamurodovning hisoboti haqida;

2. Kattaqо‘rg‘on tumani ekologiya va iqlim о‘zgarishi bо‘limi boshlig‘i I.Voxidovning atrof-muhitni muhofaza qilish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tо‘g‘risida;

3. Kattaqо‘rg‘on tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori A.Ibragimovning 2026-yilning I chorak yakuni bо‘yicha suv resurslarini boshqarish, suv xо‘jaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash, tumanda zamonaviy suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish va ushbu yо‘nalishda belgilangan ustuvor vazifalarni bajarish holati yuzasidan hisoboti tо‘g‘risida;

4. Kattaqо‘rg‘on tuman mahalliy byudjetining qо‘shimcha manbalari hisobidan mablagʻlarni yо‘naltirish tо‘gʻrisida;

5. Kattaqо‘rg‘on tumanida murojaatlar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish chora-tadbirlari tо‘g‘risida;

6. Kattaqо‘rg‘on tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish tо‘g‘risida;

7. Kattaqо‘rg‘on tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yо‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari uchun 2026-yil mobaynida amalga oshirilishi kо‘zda tutilayotgan ichki yо‘llarni ta’mirlash bо‘yicha dastlabki manzilli dasturni tasdiqlash tо‘g‘risida;

8. Kattaqо‘rg‘on tumanida 2026-yilda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini kafolatli yetkazib berish va narxlar barqarorligini ta’minlash tо‘gʻrisida;

9. “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish tо‘g‘risida;

10. Xalq deputatlari Kattaqо‘rg‘on tumani Kengashining ayrim qarorlariga о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritish tо‘g‘risida.

🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi
Telegram | Facebook | Instgram