35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova ishtirokida poytaxtimizning Bektemir tumanidagi 358-maktabda “Vazir va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat S.A.Mironov va ushbu okrug deputati Z.I.Kavaev "Iykota" mahallasidagi "mahalla yettiligi" faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Tumanimizdagi deputatlarimiz ishtirokida barcha maktablarda o'tkazilgan "So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlari
янв.21
Tumanimizdagi deputatlarimiz ishtirokida barcha maktablarda o'tkazilgan "So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlari
янв.21
I chorak sarhisobi: faoliyat, tashabbuslar va muhim natijalar
янв.21
Deputat yashirin iqtisod va xavfsiz muhitni o‘rgandi
янв.21
Yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi
янв.21
Bektemir tumanida "Tashabbusli budjet"
Nazorat-tahlil ishlari amalga oshirildi

Nazorat-tahlil ishlari amalga oshirildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritalari”da Qiziriq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish rejasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ–393-sonli “2026–2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan nazorat tadbirini amalga oshirdi.

O‘rganish doirasida xalq deputatlari tuman Kengashiga 11-Sariq saylov okrugidan saylangan deputat Ch.Alimovga nazorat uchun biriktirilgan Qiziriq tumani “Do‘stlik” mahallasida joylashgan 1-son umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish ishlari bilan joyiga chiqqan holda tanishildi.

Tashrif davomida qurilish-montaj ishlarining borishi, bajarilgan ishlar hajmi, obyektning loyiha asosida amalga oshirilishi, qurilish sifati hamda belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mas’ul tashkilot vakillari bilan obyektning bugungi holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, qurilish ishlarini jadallashtirish hamda deputatlik nazoratini izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 5