35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Majnuntol” mahallasida ertalabki saf yig‘ini bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tuman xokimi, deputat N.Abduraxmanov Milliy gvardiya xodimlarini tabrikladi
янв.21
Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashi deputati K.Ahqulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Kariev ishtirokida "Chashma" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida aholini qiynab kelayotgan dolzarb muammolar va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Aholi murojaati e’tiborda: Mahalladagi yoritish tizimi muammolari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Xusanov «Zilola» mahallasida bo‘lib, «Dolzarb 40 kunlik» tadbirlari hamda «Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi» doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
“Iykota” mahallasida “Dolzarb 40 kunlik” tadbiri amalda
янв.21
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova ishtirokida poytaxtimizning Bektemir tumanidagi 358-maktabda “Vazir va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat S.A.Mironov va ushbu okrug deputati Z.I.Kavaev "Iykota" mahallasidagi "mahalla yettiligi" faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Tumanimizdagi deputatlarimiz ishtirokida barcha maktablarda o'tkazilgan "So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlari
янв.21
Tumanimizdagi deputatlarimiz ishtirokida barcha maktablarda o'tkazilgan "So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlari
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

 🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan "18-Bog'iston" okrugi deputati Usmanov Anvar Baxramovich tomonidan Uchtepa tumannur korxonasi rahbari Kamoliddin Azizovga navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi.

📊 Uchtepa tumani “18-Bog‘iston” saylov okrugi hududidagi Bog‘obod mahallasini o‘rganish jarayonida fuqarolar tomonidan 22- va 24-sonli ko‘p qavatli uylar oldidagi piyodalar yo‘lagi tungi vaqtda yoritilmaganligi yuzasidan murojaat bildirilganligi, mazkur murojaat joyiga chiqib o‘rganilganda, ushbu hududda tungi yoritish moslamasi va elektr tayanchi (ustuni) mavjud emasligi, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, piyodalar harakati uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish maqsadida mazkur hududga tungi yoritish moslamasi hamda elektr tayanchini (ustunini) o‘rnatish masalasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqib, amaliy choralar ko‘rish zarurligi qayd etilgan.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 1