Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova ishtirokida poytaxtimizning Bektemir tumanidagi 358-maktabda “Vazir va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat S.A.Mironov va ushbu okrug deputati Z.I.Kavaev "Iykota" mahallasidagi "mahalla yettiligi" faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Tumanimizdagi deputatlarimiz ishtirokida barcha maktablarda o'tkazilgan "So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlari
янв.21
Tumanimizdagi deputatlarimiz ishtirokida barcha maktablarda o'tkazilgan "So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlari
янв.21
I chorak sarhisobi: faoliyat, tashabbuslar va muhim natijalar
янв.21
Deputat yashirin iqtisod va xavfsiz muhitni o‘rgandi
янв.21
Yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi
янв.21
Bektemir tumanida "Tashabbusli budjet"
#deputat nazorati

Olmaliq shahar "Zarbuloq" mahallasida aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazoratidan o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Fahriddin Matasimov tomonidan mahalla hokim yordamchisining 2025-yil hamda 2026-yilning 1-chorak yakunlari bo‘yicha hisoboti va amalga oshirgan ishlari tahlil qilindi.

O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:

✅ Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash: Aholiga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va kengaytirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarning manzilliligi;

✅ Bandlik masalasi: Ishsiz fuqarolarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish va o‘zini-o‘zi band qilish borasidagi ko‘rsatkichlar;

✅ Qonun ustuvorligi: Amalga oshirilgan ishlarning amaldagi qonunchilik talablariga mosligi va samaradorligi.

O‘rganish yakunida deputat tomonidan hokim yordamchisiga aholi daromadlarini oshirish va "mahallabay" ishlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2