Yangiliklar

Deputat «mahalla ettiligi” bilan hamkorlikda

✅ Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga 24-“Chanoq” saylov okrugidan saylangan deputat Saidova Dilshoda Mavlonboyevna O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qora qo'yli mahallasida “mahalla yettiligi” xodimlari bilan uchrashdi.

✅ Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud muammolarni birgalikda hal etish, nogironligi bor insonlarni holidan xabar olish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, aholini kambag‘allikdan chiqarish hamda tadbirkorlik qilish istagidagi fuqarolarni qo‘llab quvvatlash kabi masalalar ijrosi yuzasidan chora tadbirlar haqida suhbat olib bordi.

Slide 1 of 2