Gilambop mahallasida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari tumani Kengashi kotibiyat mudiri M.Yarmatov tomonidan mahalla yoshlar yetakchisi faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-sonli Qonunida belgilangan vazifalarning ijro etilishi holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda ta’lim va kasbiy tayyorgarlikka yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, yoshlarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunar egallashiga ko‘maklashish va bandligini ta’minlash imkoniyatlari muhokama qilinib, aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.