35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🏫Ko‘p qavatli uylardagi liftlarning holati o‘rganildi

🏫Ko‘p qavatli uylardagi liftlarning holati o‘rganildi

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Sidikova, O‘zbekiston Ekologik partiyasi O‘rta Chirchiq tuman Kengashi raisi M.Umarovalar tomonidan hududdagi ko‘p qavatli uy-joylarda aholiga xizmat ko‘rsatayotgan liftlarning texnik holati va ulardan foydalanish sharoitlari o‘rganildi.

🏣O‘rganish davomida liftlarning amaldagi holati, texnik xizmat ko‘rsatish ishlari, xavfsizlik talablariga rioya etilishi hamda ularning uzluksiz faoliyatini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

🏫Lift kabinalarining sanitariya holati, yoritish tizimining sozligi, aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda mas’ul tashkilotlarning o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan tegishli o‘rganishlar olib borildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3