#Ish_reja_ijrosi
🤝 OBODONLASHTIRISH ISHLARI TASHKIL ETILDI
🌿 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 6-Navbur–Dehqonariq saylov okrugi deputati M.Madarqulov hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo‘janazarov tomonidan “Dehqonariq” mahallasida obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.
🧹 Tashkil etilgan ishlar davomida mahalla hududining sanitariya va obodonlik holatini yaxshilash, ko‘cha va jamoat joylarini tartibga keltirish hamda hududning yanada ko‘rkam qiyofasini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
🌱 Shuningdek, hududda tozalik va obodonlashtirish ishlarini tizimli ravishda davom ettirish, mahalla infratuzilmasini yaxshilash hamda aholi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
🏡 Obod va fayzli mahalla — aholi farovonligi va ko‘tarinki kayfiyatining muhim omilidir.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube