Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Isxakov Doniyor Mahmudovich tomonidan Xalqlar do‘stligi mahallasida yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalladagi yoshlarning ta’lim olishi, bandligini ta’minlash, kasb-hunar egallashi hamda kelajakdagi rejalari bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Ma’lum qilinishicha, mahallada 37 nafar bitiruvchi yosh mavjud bo‘lib, ularning 7 nafari oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan, 3 nafari ish bilan ta’minlangan. Qolgan 27 nafar yosh esa o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda xususiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Deputat tomonidan yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ayniqsa, oliy ta’limga kira olmagan yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish va ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Yoshlarning ta’lim olishi, kasb egallashi va munosib ish o‘rniga ega bo‘lishi — mahallalarda olib borilayotgan ishlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir.