#Yoshlar_maslahat_guruhi
✅Bandixon tumanida Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi va yoshlar bilan muloqoti bo‘lib o‘tdi
✅Bandixon tumanida yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirish, navqiron avlod vakillarining ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish hamda ularning taklif va murojaatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tizimli uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Guruh raisi Z.A.Eshqulov boshchiligida maslahat guruhi a’zolari 15-Gulbog‘ saylov okrugi hududida joylashgan "Gulbog‘" mahallasida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.
✅Uchrashuv jarayonida yoshlarning bandligi, ularni tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish hamda ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
✅Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan tuman Kengashi kotibiyati xodimi B.Qurbonov yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat va tashabbuslarni ro‘yxatga olib, ularning yechimi bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.
✅Bunday muloqotlar yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlashda muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.