19¹-modda
📌 “Qulluqsho” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 21-“G‘urjak” saylov okrugi deputati
Z. Eshmurodovaning saylov okrugiga qarashli “Qulluqsho” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qarori ijrosi doirasida mahalla hududida olib borilayotgan ishlar, xususan, beton suv o‘tkazgich lotoklarini qurish ishlari ko‘zdan kechirildi.
🔹 Mazkur ishlarning sifatli va belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.