35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

YANGI TOMDI QO‘RG‘ONIDAGI AVTOBUS BEKATLARI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri E.Mirzayev tomonidan Yangi Tomdi qo‘rg‘onida barpo etilgan avtobus bekatlarining holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududda aholiga jamoat transportidan qulay va xavfsiz foydalanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, avtobus bekatlarining umumiy holati, tashqi ko‘rinishi hamda yo‘lovchilar uchun qulayliklari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, bekatlarning sanitariya va obodonlashtirish holati, yo‘lovchilarni noqulay ob-havo sharoitlaridan himoya qilish imkoniyatlari hamda bekatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, avtobus bekatlarini zarur jihozlar bilan ta’minlash, ularning atrofini obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.

Mazkur ishlar, avvalo, aholiga qulay jamoat transporti infratuzilmasini yaratish, yo‘lovchilar uchun munosib sharoitlarni ta’minlash hamda hudud obodonchiligini yanada yaxshilashga qaratilgan.

Slide 1 of 4