Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri E. Mirzayev tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALAR asosida “Shieli” OFY xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilgan ishlar holati o‘rganildi. Mazkur masala tavsiyalarning 6-yo‘nalishi sifatida belgilangan.
🔎 O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, ularning murojaatlari va muammolarini aniqlash, mavjud masalalarni manzilli hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
👩👩👧👦 Shuningdek, ijtimoiy ko‘makka ehtiyojmand xotin-qizlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi ishlar tahlil qilindi.
🏠 Oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, muammoli oilalar bilan manzilli ishlash, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, turli muammoli holatlarning oldini olish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
📌 Xotin-qizlar faoli, mahalla “yettiligi” a’zolari va tegishli tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimini ta’minlash muhimligi qayd etildi.
📝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, bandlik va kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini kuchaytirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda murojaatlar bilan ishlashni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🤝 Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va muammolarini manzilli hal etish — mahalla farovonligini ta’minlashning muhim omilidir.