35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

YANGI OBOD MAHALLASIDA BOLALAR UCHUN YANGI IMKONIYAT

Marg‘ilon shahridagi mahallalarda aholi, ayniqsa, yosh avlod uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan ezgu tashabbuslar izchil qo‘llab-quvvatlanmoqda.

“Ochiq budjet” tashabbusli budjet jarayonining 2026-yil ikkinchi mavsumida yetarli ovoz to‘play olmagan, biroq mazmun-mohiyati va ijtimoiy ahamiyati bilan e’tiborga loyiq bo‘lgan yana bir loyiha qo‘llab-quvvatlandi.

Xususan, “Yangiobod” mahallasidagi 27-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘sh turgan hududdan samarali foydalanib, bolalar suzish havzasini hamda kirish qismida qorovulxona barpo etish loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nodirbek Tilavoldiyev tomonidan tanlab olindi.

Mazkur tashabbus, avvalo, mahalladagi bolalar uchun sog‘lom va mazmunli hordiq chiqarish, sport bilan muntazam shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirishi bilan ahamiyatlidir.

Bolalar suzish havzasining barpo etilishi kichkintoylarning suv sportiga qiziqishini oshirish, ularning jismoniy chiniqishi va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan intilishini kuchaytirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, ilgari foydalanilmay turgan hudud endilikda bolalar manfaatiga xizmat qiladigan zamonaviy maskanga aylantiriladi.

Loyihaning yana bir muhim jihati — 27-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining xavfsizlik infratuzilmasi ham yaxshilanadi. Kirish qismida qorovulxonaning tashkil etilishi ta’lim muassasasida xavfsizlikni ta’minlashga qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.

Shunday qilib, “Ochiq budjet”ning ikkinchi mavsumida yetarli ovoz to‘play olmagan ushbu tashabbus deputatlar e’tibordan chetda qolmadi. Deputat tomonidan loyihaning tanlab olinishi Yangiobod mahallasidagi bolalar va ota-onalar uchun quvonchli yangilik bo‘ldi.

Bu kabi ezgu tashabbuslar aholi manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash, yosh avlod uchun munosib sharoitlar yaratish hamda mahallalarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga xizmat qiladi.

Yangiobod mahallasida bolalar uchun yana bir quvonchli maskan bunyod etilishiga qadam qo‘yildi!

Slide 1 of 2