Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat X.Jumaboyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Utegenov Qo`shtamgʻali mahallasidagi faol kitobxon qiz Odinaxonning shaxsiy kutubxonasida boʻldilar.
Tashrif davomida yoshlarning kitobxonlikka boʻlgan qiziqishi, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda kitobning maʼnaviy kamolotdagi oʻrni haqida samimiy suhbat tashkil etildi.
📖 Kitobxonlikni targʻib etish va yoshlarni mutolaaga keng jalb etish yoʻlidagi bunday tashabbuslar yuksak maʼnaviyatni shakllantirishga xizmat qiladi.