⌛Deputat tomonidan tadbirkorlik obyektlarida o'rganish olib borildi
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Makarov Qaxramon Ergashevich tomonidan saylov okrugida tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan “Farg‘ona tumani soliq inspeksiyasi tomonidan 2026-yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar” masalasi yuzasidan taqdim etilgan hisobot doirasida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
🔹 O‘rganish davomida hududdagi savdo shoxobchalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning faoliyati yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🔹 Jumladan, iste’molchilar huquqlarini ta’minlash, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarni belgilangan sanitariya-gigiyena hamda saqlash talablariga muvofiq saqlash, shuningdek, mahsulotlarning yaroqlilik muddatlariga qat’iy rioya etish zarurligi ta’kidlandi.
🔹 Shuningdek, tadbirkorlarga soliqlarni belgilangan muddatlarda va o‘z vaqtida to‘lash, xaridorlarga sotilgan mahsulotlar uchun tegishli fiskal cheklarni taqdim etib borish yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.
📍 O‘rganish davomida tadbirkorlik subyektlarining qonunchilik talablariga rioya etishi, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hamda savdo xizmatlari sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.