Yangiliklar

Ishtixon tumanida Oliy Majlis deputati hamda Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda sohadagi ishlarni o‘rganmoqda....

✅Bugun Ishtixon tumanida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Adham Shodmonov va Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari N.Kiyamov, S.Ochilov, Sh.Mardanova va O.Sag'dullayevlar sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

✨Deputatlar tumandagi Sport maktabi va tuman Maktabgacha va maktab ta'limiga qarashli 35-umumiy o'rta ta'lim maktabi, tumandagi Ko'p tarmoqli markaziy polikilinikasi va tuman SEO va JS bo'limlari faoliyatini o‘rganib, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi yutuqlar hamda mavjud muammolar haqida ma’lumot olishdi. 

💎O‘rganishlar davomida hududda amalga oshirilayotgan investisiya loyihalari, ish o‘rinlarini ko‘paytirish, shuningdek, mahalliy infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan ishlar muhokama qilindi.

Slide 1 of 6