35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
"Tashabbusli budjet" – xalq tashabbusi va taraqqiyot mezoni.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʻzosi, Oliy Majlis Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi raisi Erkin Fayziyevich Gadoyev, xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi raisi Jamol Rajabboyevich Ashurov hamda Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Buxoro viloyati Kengashi raisi Zulfiya Nozimovna Tuyeva Gʻijduvon tumanining Nodrabegim mahallasida boʻlib, hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, mahalla hayoti hamda "Tashabbusli budjet" loyihalarining ijrosi bilan yaqindan tanishdilar.
Ishchi oʻrganishlar davomida 2026-yilning birinchi yarim yilligida "Tashabbusli budjet" tanlovida gʻolib boʻlgan loyihalarning amalga oshirilish jarayoni atroflicha oʻrganildi. Xususan, ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanayotgani, qurilish va taʻmirlash ishlarining sifatli hamda belgilangan muddatlarda olib borilayotgani yuzasidan amaliy oʻrganishlar olib borildi.
Shuningdek, yangi boshlangan "Tashabbusli budjet" mavsumida aholining faol ishtirokini taʻminlash, mahallalarda uchrashuvlar tashkil etish, yangi loyihalarni ilgari surish hamda avvalgi mavsumlarda loyihalari ishtirok etmagan yoki gʻolib boʻlmagan mahallalarning faolligini oshirish masalalariga alohida eʻtibor qaratildi.
Ishchi oʻrganishlar jarayonida mahalla yettiligi faoliyati, hududda amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar koʻrib chiqildi. Soʻngra mehmonlar mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, ichki koʻchalar, hududdagi qabriston, aholi xonadonlari hamda ishlab chiqarish sexlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, ular Abdulla Narzullayev nomidagi kulolchilik maktabida boʻlib, milliy kulolchilik anʻanalarini asrab-avaylash, yosh avlodga hunar sirlarini oʻrgatish hamda hunarmandchilikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
"Tashabbusli budjet" – bu fuqarolar tashabbusini amaliy natijaga aylantirayotgan, mahallalar taraqqiyoti va aholi farovonligini taʻminlashga xizmat qilayotgan muhim demokratik mexanizmdir.
Yurtimizning har bir hududida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, xalq manfaatiga xizmat qilayotgan loyihalar hamda mahallalardagi yangilanishlar Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti yoʻlida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarning yorqin ifodasidir.

Slide 1 of 19