Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati D. Qurbonova tashabbusi bilan
Payshanba — Yoshlar kuni!
Rahbar va yoshlar uchrashuvi doirasida Andijon pedagogika texnikumida joriy yil bitiruvchilari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuv davomida Andijon pedagogika texnikumi direktori Dilafro‘z Qurbonova tomonidan mehnat bandligi bo‘yicha muammolari mavjud bo‘lgan bitiruvchi yoshlar bilan suhbat o‘tkazildi.
Muloqotda yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish, imtiyozli kredit turlari, kredit olish tartibi va uning afzalliklari, shuningdek, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka jalb etish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.