35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
📍 Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
“XIYOBONTEPA” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MASALALARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi Raisi, deputati R.Yusupov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Aliyeva tomonidan “Xiyobontepa” mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar masalalari bilan yaqindan tanishildi.

❗️Mahallada xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, oilaviy muammolarni aniqlash, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, shuningdek, ayollar murojaatlari bilan ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.

👍Mazkur masala deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida amalga oshirilib, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, mavjud muammolarni manzilli hal etish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

🔵Ushbu jarayon “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.

✅”Xiyobontepa” mahallasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning murojaatlarini joyida o‘rganish va mavjud muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha deputatlik faoliyati davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3