35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
DEPUTAT TOMONIDAN YANGICHEK MAHALLASIDA MANZILLI O‘RGANISH O‘TKAZILDI

 DEPUTAT TOMONIDAN YANGICHEK MAHALLASIDA MANZILLI O‘RGANISH O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati Y.Axmadaliyev, Kengash xuzuridagi
yoshlar maslaxat guruhi a’zosi I.Xomidov hamda Kengash kotibiyati bosh
mutaxassisi M.To‘xtasinov tomonidan Yangichek mahalla fuqarolar yig‘inida
manzilli o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida asosiy e’tibor
tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritiladigan masala
doirasida “Farg‘ona tozalik sanitar servis” MChJ tuman filiali tomonidan
mahallada olib borilayotgan ishlar holati hamda ushbu ko‘chadagi mavjud
muammolar o‘rganildi.


Ma’lumot uchun, Yangichek mahallasida jami 6 ta ko‘cha mavjud bo‘lib, mazkur o‘rganish
doirasida deputat tomonidan Yangichek ko‘chasi qamrab olindi.


Jumladan, deputat ko‘cha boshi N.Abdullayev bilan uchrashib, hududdagi dolzarb
muammolar, fuqarolarning taklif va murojaatlarini o‘rgandi. Shuningdek,
ko‘chada joylashgan 45 ta xonadonning yashash sharoiti, infratuzilma holati
hamda kommunal xizmatlar sifati yuzasidan aholi bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar “Deputatning
ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etildi. Ularning ijobiy yechimini ta’minlash maqsadida mas’ul
tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi hamda ijrosi
deputatlik nazoratiga olinishi belgilandi.
  

Slide 1 of 5