35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
Deputat o‘z okrugidagi mahallalarda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashiga 22-"Sayxon" saylov okrugidan saylangan deputat A.Abduraxmonov hamda tuman Kotibiyati bosh mutaxassisi S.Amanov tomonidan okrug hududiga qarashli "Saxovat" mahallasida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlarni joyida o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida mahallalarning sanitariya holati, ichki ko‘chalar obodonchiligi, yo‘l yoqalari va ariq-zovurlarni tozalash, daraxtlarni oqlash va shakl berish, ko‘kalamzorlashtirish, ichimlik suvi hamda tungi yoritish tizimi, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, ijtimoiy soha obyektlari, qabristonlar va jamoat maskanlarining holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, "Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar, "mahalla yettiligi" faoliyati, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, mahallalarda jamoatchilik faolligini oshirish hamda fuqarolarni obodonlashtirish ishlariga keng jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Slide 1 of 2