35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
📍 Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
#haftalik_ish_reja_ijrosi #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati 🗣“Surxon sohili” mahallasida yoshlar bilan ishlash faoliyati tahlil qilindi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 17-“Surxon sohili” saylov okrugi deputati B.Raxmatullayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov tomonidan “Surxon sohili” mahallasida navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
Nazorat jarayonida mahalladagi yoshlarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish, yoshlarni bandlik va tadbirkorlikka yo‘naltirish, ta’lim olishi va kasb-hunar egallashiga ko‘maklashish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Shuningdek, “Yoshlar daftari” bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligiga e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yoshlar bilan manzilli va tizimli ishlashni kuchaytirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Deputatlik nazorati — yoshlar manfaatlarini himoya qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish va amaliy yechim topishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1