35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 "Qoraqoʻyli" mahallasida aholi bilan ochiq muloqot
янв.21
📍 Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
📍 Deputat O‘rikzor mahallasida yoshlar bilan ishlash tizimi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Saylovchilar fikri – sessiya kun tartibini shakllantirishda muhim omil
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
Deputat nazorati: Qolg‘onsir mahallasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
📌 Deputat nazoratida
янв.21
Hududlar taraqqiyoti yo‘lida amaliy muloqot
янв.21
📌 Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mahalladagi tadbirkorlik tashabbuslari o‘rganildi

Mahalladagi tadbirkorlik tashabbuslari o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati B. Sadikova tomonidan Turkman mahallasida hokim yordamchisi faoliyati hamda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada kredit olish istagida murojaat qilgan fuqarolarning yashash sharoitlari, tadbirkorlik tashabbuslari va faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Jumladan, Turkman MFY, Yerteshar qishlog‘i, Yerteshar ko‘chasi 5-xonadonda yashovchi Xursanov xonadonida bo‘lib, uning tadbirkorlik faoliyati, mavjud imkoniyatlari hamda kelgusidagi rejalari bilan tanishildi.

Uchrashuv davomida fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, moliyaviy imkoniyatlardan samarali foydalanish, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va fuqarolar murojaatlarini o‘rganish bo‘yicha deputat nazorati davom ettiriladi.

Slide 1 of 3